25 iyu 10:28
Yangiliklar

Olimjon Nazarov kamar himoya jangi uchun Vetnamga jo'nab ketdi + FOTO
WBO reytingida 3-o'rinni egallab turgan Nazarov 30 iyul kuni Vetnamning Vung Tau shahrida Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomida WBO Oriental kamarini himoya qiladi. SHu kuni u 12 raundlik jangda filippinlik Ligas Bienvenidoga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Ligas prof ringda 18 ta jang o'tkazib, 14 g'alaba, 2 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 9 ta jangda nokautga uchratgan. Nazarov esa 28 g'alaba (15 nokaut) va 5 mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi. Nazarov so'nggi jangida boshqa bir filippinlik bokschi Jerom Balorni 96-94, 96-94, 96-94 hisoblarida mag'lub etgan edi.
30 iyul kungi oqshomda yana bir bokschimiz Abdulazizbek Najmiddinov (9 g'alaba, 7 nokaut) ham o'z jangini o'tkazadi. Uning 8 raundlik jangdagi raqibi indoneziyalik Rivo Kundimang (9 g'alaba (5 nokaut), 3 mag'lubiyat, 2 durang) bo'ladi.
Fikrlar