30 iyu 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimjon Nazarovning himoya jangi to'liq davom etdi
Bokschimiz Olimjon Nazarov bugun Vetnamda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Mazkur bahsda bokschimizga filippinlik Bienvenido Ligas raqiblik qildi. 12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda bokschimiz 114:113, 115:112, 115:112 hisoblarida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba orqali Olimjon Nazarov o'ziga tegishli WBO Oriental kamarini himoya qildi.
SHu tariqa, Nazarovning prof ringdagi rekordi 28-5-0, 15 KO ko'rinishiga keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar