30 noy 11:21
Yangiliklar
Olimpiada normativini bajargan suzuvchilarimiz 2 nafarga etdi
Mazkur yo'nalishda Olimpiya o'yinlari uchun kvalifikaciya vaqti 59.93 soniyani tashkil qilar edi.
100 metrga brass usulida suzish bo'yicha bahs olib borgan hamyurtimiz Vladislav Mustafin 59.89 soniya natija qayd etib, Olimpiada normativini bajardi. Mazkur yo'nalishda Olimpiya o'yinlari uchun kvalifikaciya vaqti 59.93 soniyani tashkil qilar edi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi kun doirasida hamyurtimiz Xurshid Tursunov 100 metrga erkin usulda suzish bahsida ham Olimpiada normativini bajargan edi. Ana endi turnirning rasmiy natijalari Xalqaro suv sporti federaciyasiga taqdim etiladi. Tashkilot natijalarni tasdiqlagach rasmiy ravishda hamyurtlarimizni Tokio Olimpiadasining 2 ta licenziyasi bilan taqdirlash mumkin bo'ladi.
Fikrlar