11 jan 20:16
Yangiliklar
Olimpiada sovrindori dzyudo bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi etib tayinlandi
Rio-2016 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi, Jakarta-2018 Yozgi Osiyo o'yinlari g'olibi, Osiyo chempionati sovrindori va yana ko'plab xalqaro turnirlar g'olib hamda sovrindori Diyorbek O'rozboev endilikda dzyudo bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasida murabbiy bo'lib faoliyat yuritadi.
Xorazmlik sportchimiz o'z bilim va ko'nikmalari hamda tajribasini yoshlarimiz bilan o'rtoqlashadi. Umid qilamizki uning qo'l ostida dzyudochilarimiz jahon arenalarida o'tkaziladigan musobaqalarda munosib ishtirok etib, yorqin g'alabalar qayd etishadi!
O'zbekiston dzyudo federaciyasi oilasi Diyorbekning sharafli shu bilan birga masuliyatli kasbida unga muvoffaqiyat tilaydi, deyiladi federaciya matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar