So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

26 iyu 12:17
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

OLIMPIADAGACHA. Londondagi Olimpiada O'zbekiston uchun qanday o'tgan?

O'zbekiston 2012 yil 27 iyuldan 12 avgustga qadar Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tgan Olimpiadada ishtirok etgan.

Delegaciyamiz vakillari 15 ta sport turidan 53 nafar sportchi (36 nafar erkak, 17 nafar ayol) bilan o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 6 nafar 

Erkin kurash - 8 nafar 

Yunon-rum kurashi - 2 nafar 

Sport gimnastikasi - 1 nafar 

Dzyudo - 6 nafar 

Engil atletika - 13 nafar

Suzish - 2 nafar 

O'q otish - 1 nafar 

Og'ir atletika - 6 nafar 

Trampolin - 1 nafar

Velosport - 2 nafar 

Taekvondo - 3 nafar

Tennis - 1 nafar 

Badiiy gimnastika - 1 nafar 

Sovrindorlar 

O'zbekiston ushbu Olimpiya o'yinlarida 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Dzyudo bo'yicha 60 kg vaznda Rishod Sobirov o'zining Olimpiya o'yinlaridagi ikkinchi bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, boks bo'yicha 75 kg vaznda Abbos Atoev ham O'zbekistonga yana bir bronza medalini olib kelgan. SHuningdek, MOQ 2012 yil 6 noyabrda erkin kurashchimiz Soslan Tigievning bronza hamda 2019 yilda Artur Taymazovning oltin medallarini doping sababli bekor qilgan.

O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 76-o'rinni band etgan. Reytingning birinchi pog'onasini AQSH (48 ta oltin, 26 ta kumush, 30 ta bronza), ikkinchi o'rnini Xitoy (39 ta oltin, 31 ta kumush, 22 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka esa Buyuk Britaniya (29 ta oltin, 18 ta kumush, 18 ta bronza) yakun yasagan.

Britaniyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 204 ta mamlakatdan 10518 nafar sportchilar (5863 ta erkak, 4655 ta ayol) 26 ta sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etgan.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing