So’nggi yangiliklar

08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0

23 iyu 18:20
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

OLIMPIADAGACHA. Sidneydagi Olimpiada O'zbekiston uchun qanday o'tgan? (Mutolaa uchun)

O'zbekiston mustaqil davlat sifatida ikkinchi marotaba 2000 yil 15 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Avstraliyaning Sidney shahrida bo'lib o'tgan Olimpiadada ishtirok etgan.

Delegaciyamiz vakillari 12 ta sport turidan 70 nafar sportchi (52 nafar erkak, 18 nafar ayol) bilan o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 10 nafar 

Erkin kurash - 6 nafar 

Yunon-rum kurashi - 5 nafar 

Spori gimnastikasi - 1 nafar 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 1 nafar 

Dzyudo - 7 nafar 

Engil atletika - 22 nafar 

Suzish - 10 nafar 

Kamondan otish - 3 nafar 

Og'ir atletika - 2 nafar 

Qilichbozlik - 1 nafar 

Tennis - 1 nafar 

Tramplindan sakrash - 1 nafar.

Sovrindorlar 

O'zbekistonning Olimpiya o'yinlari tarixidagi dastlabki oltin medali aynan ushbu musobaqada qo'lga kiritilgan. Boks bo'yicha 63.5 kg vazn toifasida Muhammadqodir Abdullaev to'rt yillikning eng nufuzli turnirida tengsiz bo'lgan. Kurash bo'yicha og'ir vaznda Artur Taymazov finalga qadar etib borib, yakunda kumush medal bilan kifoyalangan. SHuningdek, boks bo'yicha 81 kgda Sergey Mixaylov va +91 kgda Rustam Saidov bronza medallarini o'ziniki qilgan.

O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 43-o'rinni band etgan. Reytingning birinchi pog'onasini AQSH (37 ta oltin, 24 ta kumush, 32 ta bronza), ikkinchi o'rnini Rossiya (32 ta oltin, 28 ta kumush, 29 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka esa Xitoy (28 ta oltin, 16 ta kumush, 14 ta bronza) yakun yasagan.

Avstraliyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 199 ta mamlakatdan 10651 nafar sportchilar ishtirok etgan.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing