So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Аичи-Нагоя Осиё ўйинларидаги илк медалини қўлга киритди 0 12:30Осиё ўйинларининг 1-кунида ўзбекистонлик спортчилар қайд этаётган натижалар (LIVE) 0 09:57"Бу адолатдан эмас". Рафинья "Олтин тўп" номинантлари рўйхатида йўқлиги ҳақида гапирди 0 09:42Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 5-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:59Рамазон Темировнинг вазнида чемпион ўзгармай қолди 0 08:14Арман Царукян тирсак зарбасини билан рақибини нокаут қилди 0 07:51Туркия. Шомуродов дубл қайд этган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабани тантана қилди 0 21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0

11 avg 02:42
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Parij-2024

Olimpiadaning 15-kunida 5 ta medal: shulardan uchtasi OLTIN!

Teglar :  Parij-2024
10 avgust kuni Parij Olimpiadasining 15-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi. 

Bugun Olimpiadada qatnashgan vakillarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi: 

Engil atletika. SHohruh Davlatov (marafon) - marraga etib bora olmadi

Taekvondo. Nikita Rafalovich - bronza uchun o'tish jangida yutqazdi.

Og'ir atletika. Akbar Jo'raev (102 kg) - KUMUSH MEDAL!

Taekvondo. Svetlana Osipova - KUMUSH MEDAL!

Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova - 15-o'rinni egalladi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. 

Badiiy gimnastika. Jamoaviy bahslar finali - 8-o'rin

Og'ir atletika. Rigina Adashbaeva (81 kg) - 8-o'rin

Erkin kurash. Razambek Jamalov - Daichi Takatani (Yaponiya) (final) - muddatidan oldin g'alaba va OLTIN MEDAL!

Boks. Abdumalik Xalokov - Munarbek Seytbek Uluu (Qirg'iziston) - 5:0 - g'alaba va OLTIN MEDAL!

Boks. Bahodir Jalolov - Ayyub Gadfa (Ispaniya) - 5:0 - g'alaba va OLTIN MEDAL!




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH


2:13. BAHODIIIIIR JALOLOOOOV!!! Bizda 8-OLTIN! Bahodir Jalolov 2 karra Olimpiada chempioni! U finalda ispaniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi!


1:20. KUMUSHSHSH!!! Svetlana Osipova Parij Olimpiadasining finalida franciyalik raqibga qarshi jang qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bizda KUMUSH!!!


1:05. OLTIIIIINN!!! Abdumalik Xalokov finalda qirg'izistonlik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi! O'zbekistonda 7-oltin medal!


23:11. Taekvondo. Nikita Rafalovich afsuski bronza uchun o'tish bahsida meksikalik raqibga imkoniyatni boy berdi...


23:00. OLTINNNN!!! Razambek Jamalov chempion! -74 kg vaznli erkin kurashchimiz finalda yaponiyalik raqibni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi va delegaciyamizga 6-oltin medalni taqdim etdi! URA!


21:15. Og'ir atletika. Rigina Adashboeva dast ko'tarishda 105 kg, siltab ko'tarishda esa 131, umumiy hisobda 236 kg natija ko'rsatdi va 8-o'rin bilan Olimpiadani yakunladi.


Bizni "qaynoq" oqshom kutmoqda. O'zbekistonlik sportchilar 4 ta finalda qatnashishadi: 

22:55. Taekvondo. Nikita Rafalovich - Karlos Sansores (Meksika) (bronza uchun o'tish bahsi)

23:00: Erkin kurash. Razambek Jamalov - Daichi Takatani (Yaponiya) (final)

00:40. Taekvondo. Svetlana Osipova - Altea Laurin (Franciya) (final)

00:45. Boks. Abdumalik Xalokov - Munarbek Seytbek Uluu (Qirg'iziston) (final)

01:50. Boks. Bahodir Jalolov - Ayyub Gadfa (Ispaniya) (final)


20:45. Nikita Rafalovichda bronza uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Uni mag'lub etgan eronlik taekvondochi finalga yo'l oldi. O'tish bosqichida unga meksikalik Karlos Sansores raqiblik qiladi. Jang 22:55 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.


20:13. FINALLLL!!! Svetlana Osipova yarim finalda koreyalik raqibasini 2:0 (3:3, 9:5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi!


19:35. Og'ir atletika. Rigina Adashboeva dast ko'tarish bahslarini 105 kg natija bilan yakunladi.


19:12. Svetlana Osipova chorak finalda britaniyalik kuchli raqibasini katta ustunlik bilan 2:0 hisobida (14:6, 14:2) mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!


18:55. Badiiy gimnastika. Qizlarimiz jamoaviy bahslar finalida ikki chiqish yakuniga ko'ra 64,500 ball jamg'arishdi va Olimpiadani 8-o'rinda yakunlashdi.


18:45. Zamonaviy beshkurash. Alise Faxrutdinova yarim finalda 1305 ball bilan 15-o'rinni egalladi. Afsuski, bu natija orqali u finalga chiqa olmadi. 


17:30. Badiiy gimnastika. Jamoaviy bahslar finalining dastlabki chiqishida qizlarimiz 34.050 ball jamg'arishdi. Endi birozdan so'ng ikkinchi chiqish bor.


16:40. KUMUSHSHSH!!! Akbar Jo'raev dast ko'tarishda 185, siltab ko'tarishda esa 219 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, umumiy hisobda 404 kg natija ko'rsatdi va kumush medalni qo'lga kiritdi! Bu borada xitoylik raqib 406 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo'ldi. 


15:40. Akbar Jo'raev uchinchi urinishda 189 kg ni ko'tara olmadi. Afsus. Dast ko'tarishni 3-o'rinda tugatyapmiz. Siltab ko'tarishda yaxshi natija kutib qolamiz. 


15:28. Akbar Jo'raev ikkinchi urinishda 185 kg ko'tara oldi!


15:23. Og'ir atletika. Akbar Jo'raev ilk chiqishida 180 kg natija ko'rsatdi. Boshlanishi yaxshi!


15:01. Taekvondochimiz Svetlana Osipova ilk bosqichda Kot D'Ivuar vakilasiga qarshi jang qildi va 2:1 (4:0, 2:7, 0:0) hisobida g'alaba qozondi!


14:45. Taekvondo. Nikita Rafalovich afsuski eronlik raqibiga 0:2 (2:8, 1:5) hisobida yutqazdi. Agar eronlik sportchi endi finalga chiqsa, Nikitada bronza uchun imkon bo'ladi. 


13:50. Marafonchimiz SHoxruh Davlatov marraga etib bora olmadi. U bahslarni juda yaxshi boshlagandi. Marafonning dastlabki 15 kilometrida ham u etakchi 15 nafar sportchi ichida ketayotgandi. Afsuski, yakunda marafon sportchimiz uchun omadsiz o'tdi. Bahslarda 81 nafar atlet qatnashdi va ularning 10 nafari finishga etib bora olmadi. 


11:00. SHoxruh Davlatov marafonda o'z chiqishini boshladi. Sportchilar 42 kilometr 195 metrni bosib o'tishlari lozim bo'ladi. Kuchli uchlikka kirgan sportchilar medal olishadi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing