13 jan 07:18
Yangiliklar
"Olimpiya shaharchasi" mezbonlik qiladigan dastlabki nufuzli musobaqa va tadbirlar ro'yxati elon qilindi
"Poytaxtimizda qad rostlagan "Olimpiya shaharchasi" majmuasi 2026 yilda bir qator nufuzli musobaqalarga mezbonlik qiladi.
Joriy yilning yanvar-mart oyida "Olimpiya shaharchasi"da quyidagi sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etiladi:
1. 23 fevral - 5 mart kunlari dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida "Katta Dubulg'a" xalqaro turniri;
2. 10-18 mart kunlari chim ustida xokkey bo'yicha kattalar o'rtasida "Tashkent Open Cup" xalqaro turniri;
3. 12-19 mart kunlari gandbol bo'yicha U-18 yosh toifasida Markaziy Osiyo chempionati;
4. 13-20 mart kunlari triatlon bo'yicha Xalqaro seminar;
5. 20-30 mart kunlari voleybol bo'yicha Oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati;
6. Mart-aprel oyida tennis bo'yicha kattalar o'rtasidagi xalqaro turnir.

Fikrlar