24 iyu 08:51
Yangiliklar
Omad sabab asosiy to'rga qo'yilgan Mariya WTA turniri g'olibi bo'ldi
Asosiy to'r bahslariga omadli mag'lub (laki-luzer) sifatida qo'yilgan rossiyalik Mariya Timofeeva faoliyatidagi debyut WTA turniridayoq bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Reytingning 246-pog'onasidan joy olib turgan Mariya hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 80-raketkasi, ukrainalik Katerina Bayndlni 6/3, 3/6, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu olti daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva ham, Bayndl ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham bittadan bo'ldi.
O'zi uchun tarixiy bo'lib qolgan Hungarian Grand Prix turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Timofeevaga 280 reyting ochkosi hamda 29,760 evro mukofot puli keltirdi. U bugun elon qilingan reytingda Top-130`talikda debyut qildi.
Fikrlar