26 avg 12:07
Yangiliklar
Tennis
Omad sabab asosiy to'rga qo'yilgan Sara finalga chiqdi
Ispaniyalik tennischi Sara Sorribes-Tormo Klivlend turnirining ikkinchi finalchisiga aylandi.
Etiborlisi shundaki, Sara asosiy to'rga laki-luzer, omadli ishtirokchi sifatida qo'yilgan edi. WTA reytingida 95-pog'onadan joy olgan Tormo yarim finalda dunyoning 49-raketkasi, germaniyalik Tatyana Mariyani mag'lubiyatga uchrata oldi - 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 1 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 4 ga 3, breyklar esa 6 ga 3 ko'rinishida Sorribes-Tormo foydasiga bo'ldi. Endi u Klivlend turnini bosh sovrini uchun rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar