24 iyu 16:58
Yangiliklar

O'Melli: "Men chempionlik jangiga loyiqman, yuz foiz"
"Pedro Munoz bilan jang men xohlagandek yakunlanmadi. Lekin top-10 jangchilariga qarshi tura olishimni ko'rsatdim, deb o'ylayman. Birinchi raqamli yigit bilan jang bu — katta sinov, bundan o'tishimga ishonaman. Men chempionlik jangiga loyiqman, yuz foiz.
Joze Merabni mag'lub etib, chempionlik uchun kurashmoqchi ekanini aytdi. Petrni mag'lub etib, Aldoga kamar uchun kurashish imkonini berishga va o'sha jang g'olibi bilan to'qnash kelishga yo'q demas edim. Joze — afsona, u chempionlik uchun kurashishga loyiq", - deya O'Mellining so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Eslatib o'tamiz, SHon O'Melli so'nggi bor 3 iyul kuni Pedro Munozga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, SHon Petr Yan haqida fikr bildirib, uning "olovini o'chiirib qo'yishini" aytgan edi.
Fikrlar