03 mar 15:18
Yangiliklar
ONE Championship'dagi o'zbekistonliklar soni yana ikki nafarga oshdi, bugun ular debyut jangini o'tkazishadi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida muay-tayga asoslangan ONE Friday Fights 7 musobaqasi bo'lib o'tadi. Etiborlisi, mazkur musobaqa doirasida ikki nafar hamyurtimiz ham ligadagi debyut jangini o'tkazadi.
Ikkala hamyurtimiz ham musobaqaning prelim kardida jang qiladi. Eng engil vaznda MMA musobaqalarida ishtirok etib kelgan SHahriyor Jo'raev (3-1) bugun tailandlik Samingdam Luksuanga (0-1) qarshi chiqadi.
Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz — Mamurjon Hamidov (3-0) ham bugun ONE Championship ligasidagi debyut jangini o'tkazadi. Unga eronlik Arash Mardani (1-1) raqiblik qiladi.
Malumot uchun, musobaqa Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi va One Championship YouTube kanalida translyaciya qilinadi.
Fikrlar