So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

04 fev 18:06
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Oq Olimpiada start oldi. Pekin-2022 Olimpiadasi haqida qiziqarli faktlar

Teglar :  Pekin-2022
Bugun Pekinda qishki Olmpiya o'yinlari rasman start oldi.

Ushbu Olimpiada haqida qiziqarli faktlarni etiboringizga havola etamiz.

Birinchi fakt bu albatta Pekin-2022 XXIV qishki Olimpiada hisoblanadi. 

Pekin Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi "Qush uyasi" nomi bilan mashhur bo'lgan milliy stadionda bo'lib o'tdi.  Ushbu arena yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimiga mezbonlik qilgan ilk arena hisoblanadi. 

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlandi. 

Ammo ananaga ko'ra, barcha musobaqalarni taqvimga moslashtirishning imkoni bo'lmaganligi uchun saralash startlari ikki kun oldin, 2 fevral kuni boshlandi.

Qaerda?

Olimpiya musobaqalari uchta shaharda: Pekin, Yancin va CHjanczyakouda o'tkaziladi.

Pekin shahri xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling, fristayl va snoubord bahslariga mezbonlik qiladi.

2008 yilgi Olimpiya o'yinlarida suzish bahslariga mezbonlik  qilgan "Water Cube" arenasi 2022 yilda kyorlingchilar uchun "Ice Cube"ga aylantirildi.

Yancinda tog' chang'isi va chang'i sporti, shuningdek, bobsley va skeleton bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi.

CHjanczyakouda konkida yugurish, biatlon, tramplin, shuningdek, snoubord va fristaylning boshqa yo'nalishlari bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi. 

Medallar  va sport turlari.

Olimpiadada 7 ta sport turining 15 yo'nalishi bo'yicha bahslar bo'lib o'tadi: biatlon, bobsley, tog' chang'isi, kyorling, konkida yugurish, chang'i poygasi, tramplindan sakrash, chang'i sporti, skeleton, snoubord, figurali uchish, fristayl, xokkey, short-trek, chang'i sporti (ikki kurash: tramplindan sakrash va poyga)

Olimpiadada 109 ta medallar jamlanmasi  o'ynaladi. Medaldagi 24 ta yulduz o'z tarixida XXIV bor o'tkazilayotgan oq Olimpiadani anglatadi. 

Maskot

2019 yil 17 sentyabr kuni panda  Bin Dun Dun Olimpiadaning rasmiy maskoti sifatida elon qilindi. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida talisman tanlandi, olti mingdan ortiq namunalar ko'rib chiqildi. Natijada, panda Bin Dun Dun maskot sifatida tanlandi. Uning muallifi Guanjou Badiiy akademiyasining bosh dizayneri Cao Syuedir. 

Bing Dun Dunni "muz bolasi" deb atash ham mumkin: "Bing" muzdan tashqari poklik va kuchni ham anglatadi va "Dun Dun" - "sog'lom", "kuchli" va "quvnoq" deganidir.

Pandaning chap panjasida yurak bor. Bu - mehmondo'stlik ramzi.

Afsonaga ko'ra, panda Bing Dun Dun bambuk chakalakzorlari bo'ylab yurib, u erda koinotdan uchib kelgan sirli mavjudot bilan aloqada bo'lgan va shundan so'ng u super kuchlarga ega bo'lgan. Endi muz kostyumi tufayli panda Olimpiya sportchilari bilan birga konkida yugurishi, chang'i va snoubordda uchishi mumkin bo'ladi.

Havo va suniy qor

Pekinda fevral oyida o'rtacha harorat minus to'rt darajani tashkil etadi. Ammo tayyorgarlik jarayonida tashkilotchilar juda sovuq, ammo qorsiz va shamolli qishning yoqimsiz prognozlaridan qo'rqishdi. Hozircha havo harorati g'ayritabiiy darajani ko'rsatmayotgan bo'lsada, qor etishmasligi muammosi suniy qor yordamida hal qilinmoqda. Uni ishlab chiqarish uchun taxminan 49 million gallon (222 million litr) va 200 ga yaqin qor ishlab chiqaruvchi moslamalar kerak bo'ladi.

CHeklovlar bilan o'tayotgan Olimpiada

Ushbu Olimpiada koronavirusning yangi shtammi tarqalishining og'ir sharoitida bo'lib o'tmoqda va Olimpiya o'yinlari jiddiy anti-kovid cheklovlar bilan o'tishi haqida ko'p aytildi: kelishdan oldin ikki tomonlama testlar, kundalik testlar, vakcina olmaganlar uchun 21 kunlik karantin. Bundan tashqari Pekinda har kuni Olimpiada bilan bog'liq odamlarda koronavirusga chalinish holatlari uchrayapti. 

Oficiant robotlari

Kontaktlar va infekciya tarqalishini minimallashtirish uchun Olimpiya qishloqlariga o'nlab maxsus robotlar olib kelindi, ular savdogar va oficiant vazifasini bajaradi.

Maxsus robot qo'l to'g'ridan-to'g'ri yuqoridan stolga likopchalarni etkazib beradi. Ha, Olimpiadada mana shunday texnologiyadan foydalanilmoqda. Ajoyib qaror. 

SHuningdek, burger tayyorlaydigan "robot-oshpaz" ham bor, to'rt daqiqada kofe tayyorlaydigan robot-barista ham. Hatto kokteyl tayyorlay oladigan robot-barmen.

Raqamlar

Ushbu Olimpiya o'yinlarida jahonning 95 mamlakatidan 4000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. 

Olimpiya o'yinlarida mamlakatimizdan birgina Komiljon To'xtaev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Sportchimiz tog' chang'isida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.  U 13 fevral kuni gigant slalom va 16 fevral kuni slalom yo'nalishida startga chiqadi. Oq Olimpiada boshlanmoqda. Deyarli ikki haftadan ortiq vaqt davom etadigan Olimpiya o'yinlarini o'tkazib yubormang.


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing