So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

22 may 16:50
Yangiliklar

Velosport

Osama Al SHafar bilan velosport rivojining yangi loyihalari muhokama qilindi

Bugun Toshkentga Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti Osama Al SHafar tashrif buyurdi.

Martabali mehmonning ushbu safardagi ilk manzili O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bo'ldi. Janob Al SHafarni MOQda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi. SHundan so'ng tomonlar “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun quriladigan yangi velotrek majmuasining loyihasini muhokama qilish, velosportning mamlakatimizdagi ommaviyligini kuchaytirish mavzusida uchrashuv o'tkazishdi.

Unda MOQ raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev ham ishtirok etishdi. 

Dastavval Adham Ikramov yurtimizda velosportning ommaviyligini oshirish, professional sport bilan shug'ullanayotgan atletlarimiz uchun yaratilayotgan sharoitlar, bu borada Prezidentimiz boshchiligida milliy federaciya raisi bilan olib borilayotgan ishlar xususida to'xtalib o'tdi.

SHundan so'ng, kun tartibiga muvofiq “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun quriladigan Olimpiya shaharchasi va undagi velotrek majmuasi xususida fikr almashildi. Oybek Kasimov loyiha bo'yicha batafsil malumot berar ekan, uni qurishda har bir sport turidagi ekspertlar bilan ish olib borilayotgani, inshootlar barcha zamonaviy talablarga javob berishi xususida gapirdi. 

O'z navbatida, loyiha bilan tanishgan mehmon unga yuqori baho berib, Osiyo velosport konfederaciyasi ham jarayonda har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Samimiy ruhda o'tgan suhbat davomida Olimpiya shaharchasidagi velotrek majmuasi bitgach poytaxtimizda yirik nufuzli musobaqalarni o'tkazish, mahalliy murabbiy va hakamlarning malakasini oshirish uchun seminarlar tashkil etish, yurtimizda velosport ommaviyligini oshirishda xorij tajribasini o'rganish kabi mavzularda atroficha fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing