06 avg 10:48
Yangiliklar

"Osiyo bolalari": bokschi yigitlarimiz 6 ta oltin medalga ega chiqishdi, boksda umumjamoa hisobida birinchimiz!
Bugun boks bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida final bahslari tashkil etildi. Avvalroq, 7 nafar bokschimiz finalga qadar etib kelgani haqida xabar qilgandik. Quvonarlisi, ularning 6 nafari g'alaba qozonib, delegaciyamiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ydi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-46 kg: Sobirjon Tastanov
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-54 kg: Mironshox Norkosimov
-60 kg: Farrux To'laganov
-66 kg: Muxammadazizbek Ismoilov
-70 kg: Abbos Abduraximov
Kumush:
-63 kg: Abdullox Toxirov
Bronza:
-50 kg: Samandar Olimov
-52 kg: Nodirbek Allabergenov
-57 kg: Ozodbek Tojiboev
-75 kg: Temurbek Abduvaxobov
-80 kg: Rahmonjon Kodirov
+80 kg: Xalimjon Mamasoliev.
Ushbu natija orqali bokschilarimiz "Osiyo bolalari"da umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Fikrlar