22 apr 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Abdumalik jangsiz keyingi bosqichga chiqdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha 2000-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hozirgina yana bir hamyurtimizning keyingi bosqichga chiqqani malum bo'ldi. 56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalokov raqibi filippinlik Yamar Autuakning sababsiz ringga chiqmaganligi sababli jangsiz navbatdagi bosqichga yo'llanma oldi.
Biroz avval 49 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Sodirbek Kamolmirzaev Xitoy Taypeyi vakili Lu CHia-Xaoni birinchi raundning o'zidayoq ikkita nokdaun evaziga raqibini texnik nokautga uchratgandi.
Birozdan so'ng o'tkaziladigan janglar:
52 kg: Samandar Xolmurodov - Xan Jin CHol (KXDR)
60 kg: Ramazon Ziyatov - Kubanichbek Uulu Umar (Qirg'iziston)
64 kg: Halimbek Utegenov - Talgat SHayken (Qozog'iston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar