11 avg 08:27
Yangiliklar

Osiyo chempionatida final janglari boshlanmoqda. Ettita juftlikda o'zbek-qozoq qarama-qarshiligi!
Ushbu bosqichda O'zbekiston terma jamoasi eng ko'p 14 nafar bokschi bilan ishtirok etadi. Deyarli barcha final o'zbek bokschilar ishtirokida bo'lib o'tadi. Ettita finalda o'zbek-qozoq qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.
Eslatib o'tamiz, kecha 19 yoshgacha bo'lgan bokschilardan iborat jamoamiz Osiyo chempionatida jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandi.
Final juftliklari bilan tanishing:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Gulnaz Bo'ribaeva (Qozog'iston) 09:00
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Ngos Tran Nguen (Vetnam) 09:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Yatri SHirishkumar (Hindiston) 09:30
-70 kg: Oysha Toirova - Bakit Seidish (Qozog'iston) 10:15
-55 kg: Samandar Olimov - Dulguunsaixan Xarxu (Mo'g'iliston) 11:00
-60 kg: SHoxrux Abdumalikov - Nurislam Kaldibaev (Qozog'iston) 11:15
-65 kg: Sayat Ilyasov - Ilya Kalinin (Qozog'iston) 11:30
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Nurbek Mursal (Qozog'iston) 11:45
-75 kg: SHavkatjon Boltaev - Neeraj (Hindiston) 12:00
-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Sanjar-Ali Begaliev (Qozog'iston) 12:15
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Sam Estaki (Eron) 12:30
-90 kg: SHahzod Polvonov - Temirlan Mukataev (Qozog'iston) 12:45
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Ishan Kataria (Hindiston) 13:00
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Natnicha CHongprongklang (Tailand) 13:30
Fikrlar