02 avg 11:52
Yangiliklar

Osiyo chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan taekvondochilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
Kecha O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi, mamlakat Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov Malayziyaning Kuching shahrida o'tkazilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilarimiz bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida SHerzod Rixsibaevich yosh taekvondochilarni qo'lga kiritilgan natijalar bilan samimiy qutlab, bu bilan to'xtab qolmaslik kerak ekani, oldinda ularni Dakar-2026 o'smirlar Olimpiadasi kutib turganini takidladi.
Tadbir yakunida SHerzod Tashmatov Osiyo chempionatining barcha g'olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirladi (oltin medal uchun 15 mln so'm, kumush medal uchun 10 mln so'm va bronza medali uchun 5 mln so'm) va keyingi musobaqalarda omad yor bo'lishini tiladi.
Fikrlar