So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

30 may 08:26
Yangiliklar

Taekvondo

Osiyo chempionatida ishtirok etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytishdi

Xabaringiz bor, Vetnamning Xoshimin shahrida taekvondoning WTF yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tgandi.

Ushbu qita birinchiligida o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallagandilar. Kecha tunda musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz poytaxtimizga qaytib kelishdi. 

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi rahbarlari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Yurtimizga Osiyo chempionati sovrindorlarining uch nafari – Niyoz Po'latov, Madina Mannopova va Sardor Toirovlar qaytib kelishdi. Terma jamoamizning qolgan etakchi sportchilari esa 1-3 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Gran-Pri turnirida ishtirok etish uchun Italiyaga jo'nab ketishgan.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik taekvondochilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

Oltin:
-74kg: Nikita Rafalovich
-67kg: Nigora Tursunqulova

Kumush:
-87kg: Jasur Boyqo'ziev

Bronza:
-80kg: Maksim Rafalovich
-63kg: Sardor Toirov
-46kg: Madina Mannopova
-58kg: Niyoz Pulatov
-87kg: Dmitriy SHokin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing