22 apr 16:50
Yangiliklar
Osiyo chempionatidagi medallarimiz soni yana uchtaga ko'paydi
Ikkinchi kuni bo'lib o'tgan bellashuvlarda -63 kg vaznda dayanga chiqqan Zuhra Ochilova finalda iordaniyalik Aysheh Alsadehni mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. -59 kg li qizlar bahsida Milana Golubeva final yo'llanmasi uchun kurashda eronlik Yaldo Valinnajotga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan kifoyalandi.
O'g'il bolalar o'rtasida kechgan qizg'in bellashuvlarning -63 kg vazn toifasidagi taekvondo ustalari bahsida Umidjon Salimov Janubiy koreyalik tajribali raqibi Seung Van Kimga mag'lub bo'ldi va Osiyo chempionatining kumush medaliga loyiq topildi.
Eslatib o'tamiz, bir kun oldin bo'lib o'tgan bahslarda o'smirlarimizdan Ulug'bek Rashidov (-45 kg) kumush, Madinabonu Mannopova (-44 kg) bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Osiyo chempionatida qitamizning 246 nafar sportchisi 10tadan vazn toifasida kuch sinashishdi. 22-24 aprel kunlari esa kattalar G1 turkumiga kiruvchi Qozog'iston ochiq chempionatida kortga chiqadilar.
Fikrlar