07 iyu 13:21
Yangiliklar
Osiyo chempionatining dastlabki kunida o'zbek velosportchilari o'z yurishlarini medallar bilan boshladi
Yilning eng muhim turnirlaridan bo'lgan ushbu Osiyo chempionati velosportning shosse yo'nalishida o'tkazilyapti.Osiyo chempionatining dastlabki kunida sportchilar 30 km masofada jamoaviy poygalarda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Hamyurtlarimizdan Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Evgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Bekzod Rahimboev bugungi poygada ishtirok etishdi. Quvonarlisi shundaki, umumjamoa hisobida o'zbek velosportchilari shohsupaning ikkinchi pog'onasini band etishdi. Birinchi o'rin qozog'istonlik sportchilarga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikdan xitoyliklar joy olishdi. Aytish kerak, Osiyo chempionati yakunida sportchilar Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi muhim reyting ochkolarini qo'lga kiritishadi.
Fikrlar