20 iyu 13:09
Yangiliklar
Osiyo karate federaciyasi prezidenti Islom civilizaciya markazida bo'ldi
Bugun Osiyo karate federaciyasining yangi prezidenti General Nosir Abdulrazzoq O'zbekiston karate Milliy federaciyasi raisi, Osiyo karate federaciyasi birinchi vice-prezidenti hamda Ijroqo'm azosi Alamjon Mullaev hamrohligida nafaqat yurtimiz, balki ko'pchilik xorijiy mamlakatlar xalqlarining ham tili va dilidan joy olishga ulgurgan O'zbekistondagi Islom civilizaciyasi markazida bo'lishdi.
Mehmonlar Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bunyod etilayotgan tarixiy markaz binosi bilan tanishar ekanlar, o'zlari uchun boy manaviy ozuqa oldilar.
Malumot uchun, Markaz uchun 9,1 gektar maydon ajratilgan bo'lib, bino milliy ananaviy usulda qurilmoqda. Ushbu hududga kiraverishda ko'zingiz dastlab “Bu erda tarix yaratilmoqda”, degan yozuvga tushadi. Darhaqiqat, bu erda uzoq kutilgan tarixiy maskan qad rostlamoqda. Markaz binosining 2020 yil kuzda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar