So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

08 iyu 15:14
Yangiliklar

Kurash

Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi nomi o'zgaradi

Bugun Tehron shahridagi "Olimpiya" mehmonxonasi konferenc zalida Osiyo-Okeniya Kurash konfederaciyaning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.

Unda yigirmaga yaqin milliy federaciyalar vakillari, Konfederaciya Boshqaruv qo'mitasi azolari va Xalqaro Kurash associaciyasi rahbarlari ishtirok etdi. Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon yig'ilishda so'zga chiqib, barcha delegatlarni Kongress va qita chempionati bilan samimiy tabrikladi.

Janob Farmon Osiyo qitasi kurash sporti ommalashgan eng kuchli konfederaciyalardan biri ekanini qayd etdi. Mazkur faoliyat kelgusida yanada jadallashishiga ishonch bildirdi. Uch soat davomida Kongress kun tartibiga kiritilgan 15 ta masala ko'rib chiqildi. Hisobotlar tinglandi, taklif va fikrlar bildirildi. Yig'ilishni Konfederaciya Prezidenti Komil Ro'ziev boshqarib bordi. 

Kongressda kun tartibiga kiritilgan Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi nomini o'zgartirish masalasi bo'yicha so'z yuritgan Komil Ro'ziev quyidagilarni malum qildi:

– Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciya Ustaviga bir qancha o'zgartirishlar kiritilmoqda. Mazkur o'zgartirishlar nimalar iborat bo'ladi? Birinchisi, Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasi nomi o'zgartiriladi. Xalqaro Kurash associaciyasining tavsiyasiga ko'ra Okeaniya Kurash konfederaciyasi yangitdan tashkil etilishi sababli faoliyatimiz Osiyo Kurash konfederaciyasi deb o'zgartiriladi.

Yangi Ustav loyihasida shuningdek, Konfederaciya boshqaruv qo'mitasi azoligiga qabul qilish masalasini aniq mezonlari belgilangan. Unga ko'ra Konfederaciya prezidentining taklifi bilan Boshqaruv qo'mitasi azoligiga maslahatchi, faxriy azo, faxriy vice-prezident lavozimlari qo'shilishi mumkin. Lekin bu lavozimlar ovoz berish huquqiga ega bo'lmaydi deya malum qilindi.

SHuningdek, Kongress davomida 2025 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligiga davogar mamlakatlar ham ko'rib chiqildi. Unga ko'ra Koreya Respublikasining 2025 yil yoshlar o'rtasidagi qita chempionatiga mezbonligi tasdiqlandi. CHempionat iyun-iyul oylariga rejalashtirilgan bo'lib, Incheon shahrida tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing