20 avg 15:51
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari-2018. Beshinchi medalni qo'lga kiritdik!
Hozirgina taekvondo musobaqasida bronza medaliga ega bo'ldik. Ayollar o'rtasidagi bahslarda -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar etib bordi va anu shu bronza medalini terma jamoamizga taqdim etdi.
U yarim final baxsida taekvondo vatani - Janubiy Koreya vakilasi Jandi Kimga 4:14 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Erkin va yunon-rum kurashi, dzyudodan farqli ravishda taekvondo musobaqasida yarim finalda yutqazgan sportchilar to'g'ridan-to'g'ri bronza medaliga ega bo'lishadi.
O'zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 5taga etdi. Sportchilarimiz hozirga qadar 1ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan. Hozircha Qozog'iston terma jamoasi bilan birga 9-10 o'rinlarni bo'lishib turibmiz.
Suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov
Fikrlar