21 avg 15:32
Yangiliklar
Taekvondo, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Dmitriy SHokin kumush medal sohibi, bu 10-medal+FOTO!
Osiyo o'yinlari doirasidagi taekvondo musobaqasi qizg'in kurashlar ostida davom etmoqda.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan +80 kg vazn toifasidagi final uchrashuvida hamyurtimiz alamli mag'lubiyatga uchradi. Jahon chempioni Dmitriy SHokin final jangida eronlik 22 yoshli Sayid Rajabiga 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Birinchi va ikkinchi bo'limlarda hisob ochilmadi. Uchinchi raundda tomonlar bittadan aniq zarba berishdi. Qo'shimcha to'rtinchi bo'limda Dima 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Lekin jang yakunlanishiga bir necha soniya qolganda Rajabi ikki ochkolik zarba yo'llab, oltin medal sohibiga aylandi. SHokin esa kumush medal bilan kifoyalandi.
Suratlar muallifi Marufjon Askarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar