22 avg 09:15
Yangiliklar
Taekvondo, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Taekvondochimiz 20 ochko farqi bilan g'alaba qozondi+FOTO
Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan taekvondo musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina -63 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Sardor Toirov kambodjalik raqibi CHxun Soklongni 25:5 hisobida mag'lub etdi va nimchorak finalga yo'l oldi.
Endi 18 yoshli Sardor 1/8 finalda SHri-Lanka davlati sportchisi 23 yoshli CHalinda Lianejga qarshi bahs olib boradi. CHalinda ilk bosqichda yaponiyalik Masanojo Xommani 21:18 hisobida engdi.
Suratlar muallifi Marufjon Askarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar