So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

21 sen 14:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo o'yinlari sovrindorlari Prezident farmoyishiga ko'ra pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Xabaringiz bor, 18 avgust - 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ortda qolgan musobaqa o'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Hamyurtlarimiz Osiyo o'yinlari davomida 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, umumiy hisobda 70 ta oltin medal qo'lga kiritib, medallar sifati bo'yicha beshinchi o'rinni egallashdi.

Bugun, 21 sentyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi binosida Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o'rinbosari Tanzila Narbaeva, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri hokimligi mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ochib berdi. Abdulla Nigmatovich so'zga chiqar ekan, ortda qolgan Osiyo o'yinlarida mamlakatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan sharoitlar va imkoniyatlar o'z samarasini bergani haqida gapirib o'tdi. Qolaversa, kuni kecha Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirish, ommaviylikni oshirish bo'yicha yig'ilish o'tkazilgani va unda tegishli ko'rsatmalar belgilab berilganini aytib o'tildi. SHuningdek, yurtimiz sportchilar bilan doimo g'ururlanishini, ular navbatdagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga tilakdosh ekanligini alohida takidlab o'tdi.


SHundan so'ng Prezidentning yoshlar, fan, talim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov "XVIII Osiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash to'g'risida”gi farmoyishini o'qib eshittirdi. Unga ko'ra, Osiyo o'yinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi.


Tadbir davomida yaqin kunlarda sovrindor sportchilarimizning murabbiylari uchun ham (oltin - 2500, kumush - 1500, bronza - 1000) mukofot pullari taqdim etilishi malum qilindi.

Taqdirlash marosimi nihoyasida Bosh vazir 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida ham sportchilarimizga muxlislik qilishi, mana shunday muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qolishini haqida gapirdi. O'zbekiston kelajakda turli sport turlari bo'yicha yirik musobaqalar, qolaversa Osiyo o'yinlariga ham mezbonlik qilishi haqida aytib o'tdi.

Muhsin Hisomiddinov, kurash, oltin medal: "Jakartaga ketish oldidan menda faqatgina bir istak bor edi. U ham bo'lsa vatanimizga oltin medal bilan qaytish. Yaratib berilgan sharoitlar uchun Yurtboshimizga minnatdorchilik bildiraman. Bildirilgan ishonchni oqlay olganimizdan xursandmiz. Milliy sportimiz Osiyo o'yinlari dasturiga ilk marotaba kiritildi. Kelajakda kurash Olimpiya o'yinlari dasturidan ham o'rin olishini istaymiz. Yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarib yurishga vada beramiz".


Svetlana Radzivil, engil atletikaning balandlikka sakrash turi bo'yicha Osiyo o'yinlari rekordchisi, oltin medal: "Sport rivojiga qo'shayotgan hissamiz mana shunday etiborga sazovor bo'layotganidan xursandman. Bundan keyin ham yuqori natijalarga erishishga harakat qilaman. Ushbu muvaffaqiyatlarimiz tarixda qoldi. Men vatanparvarman. SHohsupada turgan vaqtimda yurtimiz madhiyasini eshitib, qanday tuyg'ularni his qilganimni so'z bilan tariflab bera olmayman. O'zbekiston nafaqat sport sohasida, balki boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham rivojlansin. Barchaga sog'liq tilayman".


Isroil Madrimov, Osiyo o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori, boks, oltin medal: "Osiyo o'yinlari oldidan menga masuliyatli, sharafli vazifa - bayroqdor bo'lish vazifasi yuklatilgandi. Bu o'zimga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi. Yakunda Osiyo o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritdim. Bu O'zbekistonning yutug'i. SHaroit yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu bilan to'xtab qolmayman. Kelajakda jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida ham o'zbek sporti uchun yorqin sahifalar ochishga harakat qilamiz".

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing