19 iyu 13:44
Yangiliklar
Osiyo o'yinlariga SHokin boradimi yoki Boyqo'ziev?
Qita o'yinlari dasturidan taekvondo musobaqasi ham o'rin olgan bo'lib, jami 10ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. O'g'il bolalar -58, -68, -80 hamda +80 kg vazn toifalarida dayanga chiqishadi. Qizlar esa -49, -57, -67 va +67 kg vaznda medallar uchun bahslarga kirishishadi.
Ko'pchilikni eng og'ir vazn toifasida yurtimiz sport sharafini kim himoya qiladi, legan savol qiziqtirishi tabiiy. Boisi, bu vaznda bir yo'la ikki nafar kuchli sportchi - jahon chempioni Dmitriy SHokin hamda Osiyo o'yinlari g'olibi Jasur Boyqo'ziev ishtirok etishi mumkin.
Bizga xabar berishlaricha, Jakartadagi Osiyo o'yinlariga SHokin yo'l oladi. Aynan shunday tanlov tufayli Jasur Boyqo'ziev Rio Olimpiadasiga ham olib ketilmagan edi. Vaholanki, o'sha paytda u ham SHokin singari Olimpiadada qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi. Bir narsani aytish kerak, Jasur deyarli ikki yildan beri xalqaro musobaqalarda ishtirok etmay kelayotgandi.
Fikrlar