So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

20 iyu 17:05
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Osiyo suzish federaciyasi Bosh direktori O'zbekistonda mehmon bo'ldi

Teglar :  SuzishMOQ
Xabaringiz bor, shu yilning 6-16 sentyabr kunlari Toshkent shahri suv sport turlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ushbu nufuzli musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik bilan bevosita tanishish maqsadida kuni kecha poytaxtimizga Osiyo suzish federaciyasi (AASF) Bosh direktori janob Taxa Al-Kishri tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar kutib olishdi.

Muzokaralar davomida qitamiz suzish federaciyasi rahbari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatini yuksak saviyada o'tkazish masalasida jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, shuningdek, O'zbekiston suzish federaciyasi bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadga muvofiq bo'lishi, o'z navbatida Osiyo suzish federaciyasi rahbariyati buning uchun barcha choralarni ko'rishga tayyor ekanligini bildirib o'tdi.

SHu o'rinda roppa rosa 80 kundan so'ng poytaxtimizda start oladigan Osiyo chempionati xaqida ikki og'iz. Qita chempionati bahslari Toshkentdagi ikkita suzish havzasida bo'lib o'tadi. Yani “Saxovat sport servise” va “VIP Servise NBU” suv sporti majmualari yoshlar o'rtasidagi Osiyo IX chempionati bahslariga mezbonlik qiladi. Umuman olganda qita chempionati suv sportining to'rt yo'nalishi bo'yicha tashkil etiladi. Ishtirokchilar suzish, suvga sakrash, suv polosi hamda sinxron suzish bo'yicha bellashuvlarda g'oliblik uchun kuch sinashadi.

“VIP Servise NBU” majmuasida faqat suv polosi bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. “Saxovat sport servise” suv havzasi esa suzish, suvga sakrash va sinxron suzish bo'yicha musobaqalarga mezbonlik qiladi. Poytaxtimizga qilgan tashrifi davomida janob Taxa Al-Kishri sport inshootlari va mehmonlar istiqomat qiladigan mehmonxonalardagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Darvoqe, Osiyo chempionati davomida rasmiy shaxslar, musobaqa ishtirokchilari, hakamlar va ommaviy axborot vosilari xodimlari uchun Toshkentdagi HYATT REGENCY, INTERNATIONAL HOTEL, WYNDHAM HOTEL, RADISSON BLU HOTEL, MIRAN INTERNATIONAL HOTEL, LOTTE CITY HOTEL TASHKENT PALACE, RAMADA HOTEL, UZBEKISTAN HOTEL, GRAND MIR HOTEL, CITY PALACE HOTEL, GOLDEN VALLEY HOTEL, LE GRAND PLAZA HOTEL mehmonxonalari xizmatda bo'ladi.

Respublikamiz poytaxtida nufuzli xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish tajribasi mavjud. Zero poytaxtimiz bunga qadar bir necha marta sportning aksariyat turlari bo'yicha jahon va qita chempionatlariga mezbonliq qilgan. Aynan shu jihatlar, qolaversa mamlakatimizda davlatimiz tomonidan sportga ko'rsatilayotgan yuksak etiborni hisobga olib, Osiyo suzish federaciyasi rahbariyati yoshlar o'rtasidagi qita chempionati mezbonligini Toshkentga ishonib topshirdi.

O'z navbatida janob Taxa Al-Kishri O'zbekistonda suv sport turlari bo'yicha qita chempionati yuksak saviyada tashkil etilishiga va bu eng avvalo nafaqat yurtimizda, balki butun Osiyoda suzish sportining yanada rivojlanishi uchun sezilarli turtki bo'lishiga umid qilishini takidlab o'tdi. Muzokaralar yakunida martabali mehmonga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov esdalik sovg'alarini topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing