11 noy 10:48
Yangiliklar
Otabek Xolmatov Kolumbiyada bir hafta ichida ikkinchi jangini o'tkazdi
Xolmatov (7-0) prof ringdagi ettinchi jangida kolumbiyalik Estevin Ererraga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini kutilganidek muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Otabek 7 ta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagan bo'lsa, Ererra 12-jangida ham nokaut bilan yutqazdi.
Yana bir etiborga molik jihat shundaki, Xolmatov bir hafta avval aynan Santyago de Tolu shahrida boshqa bir kolumbiyalik – Pedro Ramiresni ham muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan edi.
Otabek Xolmatov 10 kundan so'ng yana bitta jang o'tkazadi. CHarm qo'lqop ustamiz 20 noyabr kuni AQSHning Mayami shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida dominikanlik tajribali bokschi Xuan Karlos Penaga qarshi ringga chiqadi.
Qizig'i, hamyurimiz 13 avgust kuni Marsello Uilyams, 27 avgustda Karlos Ovando, 10 sentyabrda Roberto Lopes, 23 oktyabrda Xuan Gabriel Medina, 28 oktyabr kuni Pablo Gomes, 4 noyabrda esa Pedro Ramiresni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar