20 okt 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ovozingni o'chir!". Rene de Ridder CHimaevni haqorat qildi + FOTO
Niderlandiyalik 35 yoshli Rene de Ridder o'rta vaznda amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaevning o'z manziliga yo'llagan haqoratli so'zlariga jiddiy "otvet" qildi.
Ridder kecha tongda Vankuver shahrida o'tgan UFC turnirining asosiy jangida reytingda o'zidan besh pog'ona quyida borayotgan amerikalik Brendan Allenga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.
"Ovozingni o'chir!", — deya o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga suratlardan iborat kollaj joylab, uning ostida izoh qoldirgan Ridder.
Allenga yutqazish ortidan Ridder 5 ta g'alabali seriyasini yo'qqa chiqargandi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyati edi. Hisobida 21 ta g'alaba bor. Allen esa aksincha, g'alabasidan keyin CHimaevni oktagonga chorladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar