So’nggi yangiliklar

19:09"Ал Ҳилол" Педру Нету билан шартнома бўйича келишиб олди. "Челси" вингер учун 60 миллион евро сўрамоқда 0 18:34Махачев ва Гэрри сўнгги face to face маросимида бир-бирига нима дегани маълум бўлди 0 17:48Нурсултон Рўзибоев ухлатиб қўйган рус жангчиси UFC билан янги шартнома имзолади 0 17:07Рамазон Темировнинг ACBJJ Лигасидаги дебюти 30 август куни бўлмайди 0 16:36"Барса" Родри учун учинчи таклифни берди — 60 миллион фунтдан ортиқ 0 16:03President's Cup. Финал ўзбекистонлик теннисчиларсиз ўтади. Жуда аламли ва ғалати мағлубиятлар 0 15:30"Барчани хурсанд қиламан". Махачев бўлажак жанги ҳақида сўнгги гапини айтди 0 14:59"Буюкликни ўз кўзингиз билан кўришингиз мумкин". Гэрри барча кутилмаларга қарши бориб, Махачевни мағлуб этишини айтди 0 14:28Расман: Кристиан Ромеро Ла Лига клубига ўтди 0 13:52Узоқ кутилган UFC 330 турнирига етиб келдик! Турнирнинг тўлиқ карди, бошланиш вақтлари билан танишинг 0 13:17Царукян Руффи билан илк кўз уриштириш маросимини ўтказди: "Унинг кўзларида қўрқувни ҳис қилдим" 0 12:51Ёш оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатини 51 та медаль билан якунлашди 0 12:18Мартинелли "Галатасарoй"нинг рекорд даражадаги таклифини рад этди 0 11:49Синдаров қатнашаётган Grand Chess Tour: Sinquefield Cup 2026 турнирида 5-тур ортда қолди 0 11:25Рамазон Темиров октагонга қайси турнирда қайтишини айтди + ФОТО 0

20 okt 12:26
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbek jang sanati. Kuchlilar Termizda aniqlandi

Teglar :  O'zbek jang sanati
17-19 oktyabr kunlari Termiz shahridagi "Surxon" sport arenasida O'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O'zbek jang sanati federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 800 nafarga yaqin sportchi O'zbek jang sanatining "Bellashuv jang kurash" yo'nalishi bo'yicha o'zaro kuch sinashdi. 

Reglamentga muvofiq, musobaqaning birinchi kuni tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.

Yuqori saviyada o'tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, qo'ydagi jamoalar kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. 

Kattalar o'rtasida: 

1.Toshkent shahri

2. Andijon viloyati

3. Samarqand va Sirdaryo viloyatlari


Yoshlar o'rtasida: 

1.Toshkent viloyati

2. Toshkent shahri

3. Samarqand va Farg'ona viloyati

O'smirlar o'rtasida: 

1. Surxondaryo viloyati

2. Buxoro viloyati

3. Samarqand va Toshkent viloyati

SHuningdek, musobaqada "Eng yaxshi sportchi" nominaciyasi g'oliblari ham aniqlandi. 

"Eng yaxshi erkak sportchi" nominaciyasida Feruz Ismoilov, SHahriyor Saydazimov, SHerbek Ahmadjonov, Muhammad Yusuf Akbarov g'olib deb topildi. 

Qizlar o'rtasidagi "Eng yaxshi sportchi" nominaciyasiga esa SHahzoda Odilova, Muazzamoy Sotvoldieva, Farog'at SHirinova, Adolat SHamsiddinova hamda Nafisaxon Xayrullaeva loyiq ko'rildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing