So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

19 iyu 14:39
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbek va jahon sporti afsonasi Oksana CHusovitina 45 yoshda!

Bugun o'zbek va jahon sportining yorqin vakili Oksana CHusovitina o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

CHusovitina Oksana Aleksandrovna 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug'ilgan. Jahonda sport gimnastikasi bo'yicha Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016). 1992 yil Barselonada o'tgan Olimpiya o'yinlari oltin medali sohibi, 3 karra jahon chempioni.

Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to'sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati g'olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastikaning rivojiga qo'shgan xissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf zalidan o'rin olgan yagona sportchi (shuningdek, sport gimnastikasida Olimpiya o'yinlarida eng ko'p ishtirok etgani uchun “Ginnesning rekordlari” kitobiga o'z nomini yozdirib qo'ygan).

2019 yil Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilgan sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi. Tokio Olimpiadasi CHusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo'ladi. Oksana Aleksandrovna davlatimiz tomonidan “O'zbekiston iftixori”, «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» faxriy unvonlari, “Do'stlik”, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston faxri Oksana CHusovitinani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g'alabalar tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing