So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

22 iyu 09:41
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo terma jamoasining "Masters" turnirida ishtirok etadigan tarkibi malum bo'ldi

Teglar :  Dzyudo
Avval xabar berilganidek, 4-6 avgust kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahri navbatdagi "Masters" turniriga mezbonlik qiladi.

Nufuzi jihatidan jahon chempionatidan keyingi o'rinda turuvchi ushbu musobaqada ishtirok etish istagi bilan ayni damga qadar dunyoning 55 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchilar ro'yxatdan o'tgan. Bellashuvlarda terma jamoamiz azolari ham medallar va Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha.

Erkaklar terma jamoasi:

- 60 kg: Dilshod Baratov

- 60 kg: Doston Ro'ziev

- 66 kg: Sardor Nurillaev

- 66 kg: Muhriddin Tilovov

- 73 kg: Obidxon No'monov

- 73 kg: Murodjon Yo'ldoshev

- 73 kg: SHahram Axadov

- 90 kg: Davlat Bobonov

- 90 kg: Jahongir Mamatrahimov

- 100 kg: Muzaffar To'raboev

- 100 kg: Otabek To'raboev

+ 100 kg: Alisher Yusupov

+ 100 kg: SHohruhxon Bahtiyorov

Ayollar terma jamoasi:

- 48 kg: Halima Qurbonova

- 52 kg: Diyora Keldiyorova

- 52 kg: Sita Kadambaeva

- 57 kg: SHukurjon Aminova

- 70 kg: Gulnoza Matniyazova

- 70 kg: SHohista Nazarova

- 78 kg: Irisxon Kurbanbaeva

G'olib va sovrindorlarga beriladigan reyting ochkolari bo'yicha "Masters" turniri, Jahon chempionatidan keyingi o'rinda turishi bilan yanada ahamiyatli. Unda sportchilar medallar uchun kurashibgina qolmay balki, birinchi o'rin uchun 1800 ochko, ikkinchi o'rin uchun 1260 va uchinchi o'rin uchun 900 ochkoni o'z hisobiga yozdirib qo'yishadi. Qolaversa, "Masters" turnirida qatnashgan har bir sportchiga 200 ochko beriladi. 

Eslatib o'tamiz, 2022 yil Isroilda bo'lib o'tgan "Masters" turnirida terma jamoamizning uch nafar azosi SHahram Axadov ( - 73 kg vaznda kumush), Murodjon Yo'ldoshev ( - 73 kg vaznda bronza), Alisher Yusupov ( + 100 kg vaznda bronza) medallarga ega chiqishgan edi. 




O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing