So’nggi yangiliklar

12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0

27 dek 20:41
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston MMA uyushmasi rahbaryati MPL bayonotiga rasmiy munosabat bildirdi

Teglar :  O'zbekiston MMA
23 dekabr kuni MPL rahbarlaridan biri bo'lgan Jasur Alijonov saytimizga Liga tomonidan rejalashtirilgan turnir MMA uyushmasi qarori asosida bekor qilingani haqida xabar bergan edi.

SHuningdek, u qariyb 20 nafar yosh kurashchilar qatnashishi taxmin qilingan musobaqaning bekor qilinishi Ligaga nomalum sabablarga ko'ra yuz berganini alohida takidlab o'tgandi. O'zbekiston MMA uyushmasi ushbu xabarga raddiya berib, o'z rasmiy munosabatini bildirdi. 

"15 dekabr kuni, yani janob Alijonovning ommaviy chiqishidan kamida bir hafta avval, MMA uyushmasi tomonidan MPL va ATF rahbariyati nomiga ushbu sport tashkilotlari 6 oylik muddat davomida har qanday darajadagi musobaqalarni o'tkazish taqiqlanganligi to'g'risida xabardor kilingan. Aytish joizki, bunday taqiq uchun rasmiy asoslar etarlicha va vaziyat shaffof. CHunki turnirlarni o'tkazish vaqtida MPL va ATF tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 martdagi PQ-608-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176-son qarori talablari tizimli ravishda buzilgan. Mazkur qarorlar qimor o'yinlarini tashkil qilish bilan bog'liq noqonuniy faoliyatni bartaraf etishga qaratilgan. Aniqroq aytadigan bo'lsak, ko'rsatib o'tilgan ligalarning musobaqalari doirasida sportga pul tikish holatlari faol reklama orqali ilgari surilishiga yo'l qo'yilgan", - deyiladi bayonotda.

MMA uyushmasi rahbaryati ushbu xodisani quyidagicha izohladi: “Biz uchun MPL rahbariyatining nima sababdan bu kabi masuliyatsiz xabarlarni berayotganini tushunish qiyin. O'zimiz tomondan ikkala ligani biz tarafdan joriy etilgan cheklovlar hamda ular bilan bog'liq dastlabki shart-sharoitlar haqida o'z vaqtida xabardor qilish uchun barcha choralarni ko'rdik. Qayd etish kerakki, qonunchilik talablari bir necha marta buzilgan, shu bois mohiyatan bizning tartibga soluvchi sifatida boshqa ilojimiz qolmadi. Etiborlisi, ATF tomonidan hech qanday etiroz bildirilmagan, zero Uyushma tomonidan ikkala tashkilot bir vaqtda xabardor kilingan. Biz bu holat ommaviy tus olishini istamagan edik, biroq hamkasblarimizning tushunarsiz xatti-harakati, afsuski, bizga boshqa yo'l qoldirmadi. O'zimiz tomondan MMA shaklidagi har qanday tadbirlar mamlakatimizda qonunchilikka qatiy muvofiqlikda o'tkazilishi uchun barcha say-harakatlarni amalga oshiramiz”.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing