So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

11 avg 10:00
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston Prezidenti Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHo CHung Vonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, ushbu nufuzli xalqaro sport tashkiloti rahbariga O'zbekistonda taekvondoni, avvalo, yoshlar o'rtasida ommalashtirishga qo'shayotgan shaxsiy hissasi va amaliy say-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda ushbu jangovar sanat turi bilan 20 mingdan ziyod yurtdoshimiz shug'ullanmoqda. 1993 yil Taekvondo milliy associaciyasi tashkil etildi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida faoliyat ko'rsatayotgan taekvondo kafedrasida malakali murabbiylar tayyorlanmoqda.


Butunjahon taekvondo federaciyasi O'zbekistonda sportning ushbu turini rivojlantirishga faol ko'maklashayotganini qayd etish kerak. Bu borada birgalikda turli turnirlar tashkil etib, mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmani yaratish va uni jihozlash loyihalarida, shuningdek, milliy terma jamoamizning Janubiy Koreyada tayyorgarlik ko'rish hamda mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishda ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda yirik xalqaro turnirlarni muntazam o'tkazish, Butunjahon federaciyasining davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O'zbekiston Milliy universitetida tashkil etilayotgan taekvondo fakulteti faoliyatini yo'lga qo'yishda, shuningdek, yurtimiz yoshlarini sportga keng jalb qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama etildi.

CHo CHung Von Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga samimiy qabul va O'zbekistonda taekvondo va boshqa sport turlarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlayotgani uchun chin dildan minnatdorlik izhor etdi. Butunjahon taekvondo federaciyasi O'zbekiston bilan yangi qo'shma loyihalar va keng ko'lamli hamkorlik dasturlarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

Yolqin SHamsiddinov (surat), O'zA 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing