So’nggi yangiliklar

14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0 12:24Жаҳон чемпионатида бугундан Умиджон Жалолов ва Лайлохон Собированинг иштироки бошланади, Ғуломжон Абдуллаев бронза учун курашади 0 12:03Турки аш Шайх Канелога: "Бундан ҳам кучлироқ бўлиб қайтишингга шубҳам йўқ" 0 11:42Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:21Жаҳон чемпионати: медаллар жамғариш умумий рейтингида иккинчи бўлдик 0 11:00Шоҳруҳ Давлатов Жаҳон чемпионатида мавсумдаги энг яхши натижасини кўрсатди 0 10:39Муроджон Аҳмадалиев мағлубиятдан кейин илк бор пост қолдирди 0 10:18Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди 0 09:57Наоя Иноуэ: "Бу Муроджоннинг шарофати билан эди" 0 09:36Асламжон Ортиқов Санжар Зокиров билан бир кардда жанг қилади 0 09:15Кроуфорд учта турли дивизионда мутлақ чемпионликка эришган тарихдаги илк боксчига айланди 0

08 fev 12:16
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston suzish federaciyasida hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi

Teglar :  Suzish
Navoiy shahrida O'zbekiston suzish federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda 2013–2016 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Federaciya rahbariyati hamda bosh murabbiylarning hisoboti tinglandi.



Malumki, o'tgan to'rt yil davomida suzish, suv polosi, sinxron suzish va suvga sakrash turlari bo'yicha mamlakatimiz sportchilari ko'plab xalqaro turnirlarda, Osiyo o'yinlari va qita chempionatlarida Vatanimiz sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan o'rin egallashdi. SHu bilan birga yurtimizda ham qator ichki va xalqaro musobaqalar yuqori saviyada tashkil qilinib, yangidan-yangi iqtidorlar safi kengayib bormoqda.



Konferenciyada O'zbekiston suzish federaciyasi raisi, Senator Quvondiq Sanaqulov so'zga chiqib, 2013-2016 yillar davomida suv sport turlari bo'yicha erishilgan muvaffaqiyatlar bilan birga, murabbiylar tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari hamda istiqboldagi rejalar xususida atroflicha to'xtalib o'tdi. Federaciya rahbari o'z nutqida suv sporti turlarini mamlakatimizda yanada rivojlantirish, ayniqsa kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlar orasida ommaviylik darajasini yuksaltirish masalasiga alohida urg'u berdi.  



“Jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish hamda farzandlarimizni har tomonlama barkamol qilib voyaga etkazish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri qilib belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida zamonaviy suzish havzalari barpo etilmoqdaki, bu ham o'z navbatida yoshlarimiz qalbida sportga, xususan, suv sporti turlariga mehrni shakllantirishda muhim omil bo'lmoqda.

Bizning oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri butun Respublikamiz bo'ylab selekciya ishlarini yanada kuchaytirish, viloyat va tumanlardagi suv sport turlari bo'yicha faoliyat ko'rsatib kelayotgan mutaxassislarning tajriba va mahoratini oshirish yo'lida doimiy ravishda murabbiylik va hakamlik seminarlarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizdagi mavjud suzish havzalarini yil davomida uzluksiz faoliyat ko'rsatishi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha Madaniyat va sport ishlari vazirligi va viloyat hokimliklariga takliflar kiritishimiz zarur. Fursatdan foydalanib 2013-2016 yillar davomida federaciyaga ko'rsatgan fidokorona yordami uchun “O'zmetkombinat” AJ rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Q.Sanaqulov.  



Yig'ilishda joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida suv sport turlari bo'yicha 9-Osiyo chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilgani va mazkur sport tadbiri yurtimizda ilk bor o'tkazilishini inobatga olgan holda, unga har tomonlama samarali tayyorgarlik ko'rish va sportchilarimiz tomonidan yuqori natijalarni qo'lga kiritish maqsadida, Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz azolarini qatiy nazoratga olish, sportchilar va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish lozimligi takidlab o'tildi.  



2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlariga suzish sport turida 6 ta, sinxron suzishda esa 2 ta yo'llanmani qo'lga kiritish rejalashtirilgan edi. Biroq, yakunda ikkita licenziya qo'lga kiritildi. Bu borada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy ruxda ko'rib chiqildi va 2020 yili Tokio shahri (Yaponiya)da o'tkaziladigan navbatdagi Olimpiadaga licenziyalarni qo'lga kiritish borasida maqsad va vazifalar belgilanib olindi.  



Konferenciyada suzish Federaciyasi rahbariyatining yangi tarkibi ham saylandi. Unga ko'ra, O'zbekiston suzish federaciyasi raisi lavozimiga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, federaciya bosh kotibligiga esa Alisher G'aniev bir ovozdan saylandi. “Navoiy kon metallurgiya kombinati” DK bosh direktori o'rinbosari Saiaxrol Gulyamov va “O'zmetkombinat” AJ bosh direktori Alik Nurutdinov rais o'rinbosarlari etib saylandilar. Bundan tashqari federaciyaning Rayosati (11 kishidan iborat) va nazorat-taftish komissiyasi (3 kishidan iborat) azolari tarkibi saylandi. Qizg'in bahs va munozalarga boy tarzda bo'lib o'tgan majlis so'nggida federaciyaning Rayosatiga suv sport turlari bo'yicha bosh murabbiylarning egallab turgan lavozimiga loyiqligini tanqidiy ruxda ko'rib chiqish vazifalari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing