So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

20 may 07:33
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasiga yangi rahbar saylandi

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining navbatdan tashqari saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, taekvondo WTF associaciyasi mutasaddilari, viloyat bo'limlari rahbarlari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida delegatlarga kun tartibi tanishtirildi. SHundan so'ng O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberdiev so'zga chiqdi va so'nggi yillarda taekvondo WTF yo'nalishi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, terma jamoamiz sportchilari qayd etayotgan natijalar haqida gapirdi. Keyin esa u taekvondo (WTF) associaciyasi rahbarligi uchun shu kungacha O'zbekiston taekvondo (ITF) milliy associaciyasi prezidenti lavozimida faoliyat ko'rsatib kelgan Laziz Saydivalievich Hasanov nomzodini ko'rsatdi. Qizg'in bahs munozaralardan so'ng L.Hasanov nomzodi qo'llab-quvvatlandi va u O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi prezidenti lavozimiga saylandi.

O'z navbatida yangi rahbar oldiga malum talab va vazifalar qo'yildi. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar etkazib berish tizimini qayta ko'rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga etiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o'zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko'rishi kerak bo'ladi. SHu tariqa, O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining navbatdan tashqari saylov Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing