11 iyu 14:48
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonlik futbolchsi Abduqodir Husanov Franciya vice-chempioni safiga o'tishga yaqin
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Belarusning "Energetik-BGU" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Franciyada davom ettirishga yaqin.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Franciyaning "Lans" klubi o'zbekistonlik futbolchiga juda jiddiy qiziqib qolgan va uning vakillari bilan muzokara olib bormoqda.
Agar muzokaralar ijobiy tugasa, Abduqodir Husanov Franciya chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Malumot uchun, "Lans" o'tgan mavsum Franciya chempionatida ikkinchi o'rinni olgan va yangi mavsumda Evropa CHempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar