19 avg 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik jahon chempionati sovrindori Liverpuldagi JCHda Ozarbayjon sharafini himoya qiladi
4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida World Boxing Jahon chempionati o'tkaziladi.
Unda ishtirok etuvchi Ozarbayjon terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibini elon qildi.
Etiborlisi, tarkibdan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Saidjamshid Jafarov ham o'rin oldi. Jafarov 75 kg vazn toifasida medal uchun kurash olib boradi.
Saidjamshid qariyb bir yildan oshiq vaqtdan buyon Ozarbayjon sharafini himoya qilib kelmoqda. Buxoroda tug'ilgan bokschi 2023 yili Toshkentda o'tkazilgan IBA Jahon chempionatida terma jamoamiz safida kumush medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : instagram.com/boxingazeofficial
Fikrlar