So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

27 apr 08:06
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbekistonlik juftlik o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritdi

O'zbekiston gimnastika federaciyasi Xalqaro gimnastika federaciyasidan maktub qabul qilib oldi.

Unda sport akrobatikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tadigan III yozgi Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritgani rasman tasdiqlandi.

Bundan bir necha kun oldin, aniqrog'i 5-11 aprel kunlari sport akrobatikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Nikolay Evdokimov va Xursana Magmuzovalardan tashkil topgan juftlik Belgiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etishgandi. Olimpiya o'yinlari licenziyasi aynan mazkur jahon chempionati yakunlari bo'yicha terma jamoamizga berildi.

Malumot uchun, O'zbekiston uchun sportning ushbu turida yagona licenziya ajratilgan. SHunday ekan, musobaqalarga ikkita juftlik (Nikita Evdokimov/Xursana Magzumova hamda Nikolay Evdokimov/Arina Yulusheva) tayyorgarlik ko'radi. Buenos Ayresga jo'nab ketish oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlari yakuniga ko'ra murabbiylar kengashi ular orasidan eng yaxshisini tanlab oladi va aynan o'sha juftlik o'smirlar Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Milliy olimpiya qo'mitasi shuni malum qiladiki, ayni paytda III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga 13 nafar o'zbekistonlik sportchi 11 ta licenziya qo'lga kiritgan. (Akademik eshkak eshish va sport akrobatikasida 2 kishilik juftlikka bittadan licenziya berilgan.)

Hozirgi paytga qadar delegaciyamiz hisobidagi licenziyalar soni quyidagicha ko'rinish olgan:

Og'ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 2 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Sport akrobatikasi – 1 ta

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing