05 jan 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik MMA jangchisi Rossiyada qamoqqa olingani aytilmoqda
Yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Hikmatullo "Hiko" Abdullaev (9-3-2) Rossiya poytaxti Moskvada qo'lga olindi.
Bu haqda yana bir MMA jangchisi Odilxon Kamolov o'zining Instagram sahifasi orqali xabar berdi.
"Barchamiz tanigan jangchimiz Hikmatullo Abdullaev Moskva shahrida qamalib qolgan. Iltimos, duoda bo'linglar. Do'stimning mushkuli oson bo'lsin", - deb yozgan Kamolov.
Hozircha Hikmatullo Abdullaevning qachon va nima sababdan qamoqqa olingani malum emas. Avvalroq, yana bir o'zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To'xtamurodov ham qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/odilxonmma
Fikrlar