02 noy 14:43
Yangiliklar

O'zbekistonlik sportchida doping aniqlandi
Xalqaro suzish federaciyasining (FINA) xabariga ko'ra, o'zbekistonlik suzuvchi B.Menlibaevaning 25.09.2019 yili Bengalor (Xindiston)da bo'lib o'tgan X AASF Osiyo CHempionatida olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlangan (S6. Stimulyatorlar). Bu Tokio-2020 da ishtirok etish uchun licenzion musobaqa edi. SHu munosabat bilan FINA Axloq komissiyasi quyidagicha qaror chiqardi:
1. B.Menlibaeva 2 yilga diskvalifikaciya qilinsin, Diskvalifikaciya muddati 25.09.2019 y.dan boshlab hisoblansin;
2. 25.09.2019 y.dan boshlab B.Menlibaevaning barcha natijalari bekor qilinsin;
3. O'zbekiston suzish federaciyasi tomonidan FINA Axloq komissiyasining mazkur ishni ko'rib chiqish bilan bog'liq xarajatlari (400 AQSH doll.) to'lansin.
Fikrlar