So’nggi yangiliklar

11:02Формула-1. Оскар Пиастри – Испания Гран-приси ғолиби! 0 10:41Қозоқ бокси "барби"си рақибасини нокаутга учратиб, камарини ҳимоя қилди 0 10:20УEФА клублар рейтингини янгилади 0 09:59Халқаро болаларни ҳимоя қилиш кунига бағишланган мусобақа ўтказилди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:38Наоя Иноуэ кейинги жанги Муроджон Аҳмадалиевга қарши ўтказилишини эълон қилди 0 09:17Карлос Алькараз "Ролан Гаррос" бош совринини кўзлаяпти 0 08:56ЕЧЛ финалидан сўнг "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким? 0 08:35"Ўзбек ботирлари" халқаро турнирида эркин кураш бўйича ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 08:14Кроуфорд Канелога қарши жангдан қанча гонорар олишини очиқлади 0 07:53"Ролан Гаррос". Дунёнинг биринчи ракеткаси 1/4 финалда 0 07:32Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин 0 18:47"Ролан Гаррос". Элина Свитолина камбэк эвазига 1/4 финалга чиқди 0 18:26Валентина Шевченко бекор бўлган даъвогарлар жангидан кейин ўзига рақиб танлади 0 18:05“Thailand Open” мусобақасида жами 16 та медаль қўлга киритдик 0 17:44"Ман Сити" икки ярим ҳимоячи учун 100 млн евро сарфлайди 0

17 okt 12:23
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekistonlik tog' chang'ichilar Avstriyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda

Tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston sport delegaciyasi shu kunlarda Avstriyadagi SHtubaytal va Xintertux tog' chang'i markazlarida tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda.

10 oktyabrdan boshlangan yig'in 9 noyabrga qadar davom etadi. O'quv-mashg'ulotlar yig'ini bilan bog'liq sarf-xarajatlar esa to'liq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan qoplanmoqda.

Yig'inda qatnashayotgan sportchilarimiz:

Andrey Voronov – murabbiy,

Arman Gayupov – sportchi, 2000 yil,

Valeriya Kovalyova – sportchi, 2003 yil.

Ushbu o'quv-mashg'ulotlar yig'ini mamlakatimiz sportchilariga qishki sport turlari bo'yicha yangi mavsum boshlanishi oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Qolaversa, sportchilarimizni oldinda yirik musobaqa, 2020 yil 6-22 yanvar kunlari SHveycariyaning Lozanna shahrida o'tkaziladigan III qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlari kutib turibdi. Ushbu nufuzli sport anjumanida tog' chang'i sporti bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan yigit va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Avstriyadagi yig'in yakunlangach, Valeriya Kovalyova Italiyada boshlanadigan III qishki o'smirlar Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini taqdim etuvchi licenzion turnirlarda o'z omadini sinab ko'radi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing