So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

06 avg 11:55
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekistonlik yana bir tajribali dzyudochi Parij Olimpiadasidan so'ng professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi

Avvalroq, o'zining uchinchi Olimpiadasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyazova faoliyatiga yakun yasagani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha yana bir tajribali sportchimiz SHarofiddin Boltaboev ham Parijdagi musobaqa u uchun so'nggisi bo'lganini malum qildi.

"Alhamdulillah, Parij Olimpiadasini ham tugatdim. Hozirda juda ham og'ir kunlarni, stressni boshimdan o'tkazyapman, sababi 25 yillik  mehnatlarim va orzularimdan voz kechyapman! 4 yoshimdan shu sportni boshlaganman. Har bir ishimda  faqat shu sport bilan bo'lganman, bir kun ham tashlab ketmaganman. 11 yil uzluksiz terma jamoada yurtim uchun tatamiga chiqdim. Hech qachon yurtimni or nomusini sotmadim! Men uchun to'g'risi juda ham og'ir qarorni qabul qildim. SHu to'g'ri tanlov deb o'ylayman va meni qarorimni hurmat bilan, to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman. Men o'z sport faoliyatimni yakunladim, hammasi uchun sizlarga katta rahmat. Sizlarni bir xafa qildim, bir xursand qildim, rozi bo'lasizlar. Olimpiada medalini olib kelaman deb harakat qildim, lekin taqdirimga yozilmagan ekan. Alloh eng yaxshisini bilguvchi. Men 29 yoshga to'ldim. O'zimga mos ish nasib qilishiga ishonaman. Sog' salomat bo'linglar", deb yozdi Boltaboev.

SHarofiddin Boltaboev bir qancha "Katta dubulg'a" va Gran-pri turkumidagi musobaqalarning g'olib va sovrindori, uch karra Osiyo chempionati sovrindori hisoblanadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing