20 iyu 13:54
Yangiliklar

Pakyao - Barrios jangi zarbalar statistikasi hamda hakamlar hujjatidan ko'chirma elon qilindi (FOTO)
O'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangi yakunida hakamlar durang natija qayd etishdi. Arenaga yig'ilgan minglab muxlislar bu natijadan norozi ekanliklarini ochiqchasiga bayon etishdi.
Oxirgi ikki-uch chempionlik raundlarini inobatga olmaganda to'rt yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan 46 yoshli filippinlik afsona jangda sezilarli ustunlikka erishgandi. Ikkinchi hakam Maks De Luka 115:113 hisobidagi g'alabani Barriosga taqdim etdi. Qolgan ikki hakam jangda tenglik bo'lganini malum qildi - 114:114.
Bu Pakmen uchun faoliyatidagi uchinchi durang natijali jang bo'ldi. Durang bo'lgani uchun amaldagi chempion Mario Barrios WBC kamarini o'zida saqlab qoldi. Kompyuter taqdim etgan statistikaga ko'ra, Marioning 658 ta zarbasidan 120 tasi manzilga aniq etib borgan. Pakyaoning esa 577 ta zarbasida 101 tasi aniq bo'lgan.
Fikrlar