08 may 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao ishtirokidagi chempionlik jangi sanasi malum, Menni yana ikki-uchta jang o'tkazmoqchi!
Professional boksning yarimo'rta vazn toifasida WBC chempioni Mario Barrios hamda sakkiz divizionning sobiq chempioni Menni Pakyao o'rtasidagi titul jangi bo'yicha kelishuvga erishildi.
The National nashri xabariga ko'ra, ushbu jang Pakyao va Barrios vakillari hamda Premier Boxing Champions (PBC) promouterlari o'rtasidagi shaxsiy muzokaralardan so'ng kelishib olingan.
Xabarda aytilishicha, chempionlik jangi 19 iyul kuni Las-Vegas (AQSH) shahridagi T-Mobile Arena'da o'tkaziladi. O'sha kuni London (Buyuk Britaniya) shahrida Aleksandr Usik va Daniel Dyubua o'rtasidagi revansh jangi ham bo'lib o'tadi.
Pakyaoga yaqin manbaning aytishicha, Menni o'zini ancha yaxshi his qilmoqda va 2027 yilga qadar yana ikki yoki uchta jang o'tkazish niyatida.
Havola :
Manba : The National
Fikrlar