30 jan 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao - Konor jangi bo'lmaydi. Nega?
Boks yulduzi Menni Pakyao ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregorga qarshi jang qilmaydi.
Bu haqida uning menejeri SHon Gibbons malum qildi.
«Afsuski Konor Dastinga qarshi jangda nokautga uchradi. Menimcha, unga Menniga qarshi jang kerak emasdek. Konorning mag'lubiyatidan so'ng Pakyaoga qarshi jangdan mano qolmadi. Konor UFC'dagi ishlarini hal qilib olishi lozim», - dedi Gibbons.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyaoning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan Rayan Garsiyaga qarshi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar