11 fev 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao mashg'ulotlarga qaytdi! U "katta xabar" haqida gapirdi
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao ikki yillik tanaffusdan so'ng katta ringga qaytishga tayyorlanmoqda.
Bokschi o'zining tvitter sahifasida mashg'ulotlarni "katta yangilik" bilan boshlashi haqida gapirdi.
"Mashg'ulotlar lageri boshlanmoqda. Men ringga qaytib, o'z faoliyatimni tarixga muhrlashda davom etmoqchiman. Tez orada katta yangilik bo'ladi", - deb yozadi Menni Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Menni Pakyao oxirgi jangini 2019 yil iyul oyida Kit Turmanga qarshi o'tkazib, WBA Super kamarini qo'lga kiritgandi. Yaqindagina, Menni ushbu kamardan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar