17 okt 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao o'z faoliyatini davom ettirishga tayyor: raqib Spens - Krouford jangi g'olibi bo'lishi mumkin
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao yarim o'rta vazn toifasida mutlaq chempionlik sohibiga qarshi jang qilish uchun faoliyatini davom ettirishga tayyor.
Oldinroq WBO kamari sohibi Terens Krouford hamda WBA, WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Errol Spens yaqin orada jang o'tkazishi xabar qilingandi.
"Agar ilojisi bo'lsa, nega yo'q? Birinchi navbatda, biz jang natijasini ko'rib chiqamiz. Men kuzataman", - dedi Pakyao.
2021 yil avgust oyida 43 yoshli filippinlik sobiq bokschi Yordenis Ugasga yakdil qaror bilan mag'lub bo'lib, faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar